Asosiy kontentga o'tish

Xalqaro hamkorlik

Fuqaro muhofazasi (mudofaa), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi ikki tomonlama bitimlar to'g'risida ma'lumot

1. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o'rtasida fuqaro muhofazasi (mudofaa), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi hamkorlik to'g'risida tuzilgan bitim. (Moskva, 1998 yil 6 may, 05.07.2005 y.)

2. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Tojikiston Respublikasi hukumati o'rtasida Sarez ko'lining buzilishi holatlarida o'z vaqtida ogohlantirish masalalari va qo'shma tadbirlar o'tkazish bo'yicha o'zaro hamkorlik  to'g'risida tuzilgan bitim (Toshkent sh., 2000 yil 30 may., imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi)

3. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Ukraina Vazirlar Mahkamasi o'rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim. (Toshkent sh., 2007 yil 26 aprel, 23.12.2008 y. )

4. O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o'rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim. (Minsk, 2008 yil 19 iyun, imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi.)

5. O'zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi hukumatlari o'rtasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to'g'risida bitim. (Toshkent sh., 2008 yil 6 oktyabr, 13.04.2009 y.)

6. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Turkmaniston hukumati o'rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish to'g'risida tuzilgan bitim. (2013 yil 25 noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan).

7. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Ozarbayjon Respublikasi hukumati o'rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik to'g'risida tuzilgan bitim (19.05.2015 yil Toshkent shahrida imzolangan).

8. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Tojikiston Respublikasi hukumati o'rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim. (Dushanbe shahri 9-10 mart 2018 yil)

9. O'zbekiston Respublikasi hukumati va Qozog’iston Respublikasi hukumati o'rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim. (Nur-Sulton shahri 6 dekabr 2021 yil)

10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim. (Bishkek shahri 27 yanvar 2023 yil).

O'zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi Ko'p tomonlama bitimlar

1. Mustaqil davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlarning tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi kelishuvi. (Minsk sh., 22 yanvar 1993 yil)

2. Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi hukumatlari o'rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim. (Cho'lpon-Ota, 17 iyul 1998 yil)

3. MDHga a'zo davlatlarning elektr energetika ob'ektlarida avariya va boshqa favqulodda vaziyatlarda o'zaro yordam to'g'risidagi bitim. (Moskva, 30 may 2002 yil)

4. ShHTga a'zo davlatlar hukumatlari o'rtasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam berishda o'zaro hamkorlik to'g'risida bitim. (Moskva, 26 oktyabr 2005 yil)

5. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlarning yadroviy avariyalar yoki radiatsiyon avariyaviy vaziyatlar yuzaga kelganda tayyorgarlikni ta’minlash va ularning oqibatlarini bartaraf etishda o’zaro yordam ko’rsatish bo’yicha hamkorlik qilish to’grisidagi bitim (Almati, 2 noyabr 2018 yil)

381

Oxirgi yangilanish: 2024-03-15 11:53:36