Aholi murojaatlari tinglandi va nazoratga olindi
2026-10-10 15:00:00 / News
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosarlari tomonidan “Xalq qabulxonasi”da jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi.

Qabulda subsidiyaga uy-joy olish, xonadonni ta’mirlash, savdo qilish uchun joy ajratish, kredit qarzdorligini to‘lab berish, kommunal xizmat uchun to‘lovlarni hal etish, tomorqa masalasidagi muammoni hal etish, davolanish uchun tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, bolalar nafaqasi olish, tikuv mashinasi bilan ta’minlash kabi bir qator mavzularda ko‘mak so‘raldi.
Kuz-qish mavsumi boshlanayotgani munosabati bilan elektr ta’minotini yaxshilash masalasida ham murojaatlar kelib tushdi. Bosqichma-bosqich bu ishlarga e’tibor qaratilayotgani aholi vakillariga tushuntirildi.
Mas’ullar o‘z yo‘nalishlariga taalluqli murojaatlarni o‘rganib chiqadilar va hal etish choralari ko‘riladi.









