Maktabgacha ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari nazorat qilindi
2026-09-28 11:00:00 / News

Mutaxassislarning ma’lumot berishicha, bu yilgi kuz odatdagidan seryog‘in, qish esa ertaroq kelishi bildirilmoqda. Demak, sovuq mavsumga tayyorgarlikni ham shunga qarab jadallashtirish lozim. Ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlari, xususan, bolalar qatnaydigan muassasalar birinchi navbatda e’tiborda bo‘lishi zarur.
Bugun tuman hokimi Sherali Qosimov, tuman prokurori Ahmadxon Yusupov hamda IIB boshlig‘i Azizbek Mamatovlar bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ushbu masalada o‘rganish olib bordilar.
5-DMTTda 181 nafar bola tarbiyalanadi. Nazorat davomida bog‘chani o‘rab turgan orqa devorni balandlatish, bo‘sh turgan yerdan maqsadli foydalanish tavsiyalari berildi. Ko‘mir olishni tezlatish esa tuman MMTB rahbariyatiga topshirildi.
Shuningdek, 45, 17,16-DMTTlarda ham obodonlashtirish, qishga tayyorgarlik, isitish qozonlari va tarmoqlarning sozligini ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullar ogohlantirildi.
O‘rganish davomida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining maromda ishlashi ham tekshirildi. Zero, ogohlik hamisha dolzarb masala bo‘lib qolaveradi.









