Fuqarolar murojaatlari e’tiborda
2026-09-02 11:30:00 / News
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari F. Maxmudov ishtirokida “Xalq qabulxonasi”da navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar batafsil tinglanib, har bir masala yuzasidan mas’ullarning ishtiroki ta’minlandi. Murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilot va mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda o‘rganish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolarga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.




