Tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i H. Maxmudova tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
2026-08-24 13:30:00 / News

Qabul davomida fuqarolar oilaviy, pensiyaga chiqish, bandlik, moddiy ko‘mak, uy-joy va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ularning muammolarini manzilli hal etish ishlari davom ettiriladi.






