Rahbar va yoshlar uchrashuvi: raqam emas, natija muhim
2026-08-06 15:00:00 / News
Haftaning har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida albatta, tuman rahbarlarining yoshlar murojaatlarini eshitishlariga imkoniyat yaratiladi. Bu gal madaniyat markazida tashkillangan ana shunday tadbirda tuman hokimi Sherali Qosimov, tuman prokurori Ahmadxon Yusupov, IIB boshlig‘i Xayrullo Salimov hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedovlar barcha mahallalardan kelgan yigit-qizlar va ularning ota-onalaridan muammo, takliflarni tingladilar.

Yoshlar bandligi hamisha dolzarb masala bo‘lib kelgan. Uchrashuvda kelib tushgan murojaatlarning 10 tasi oliy ma’lumotli mutaxassislarning ishga joylashish haqida edi. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda bandlik bo‘limiga ularni bo‘sh o‘rinlar bilan tanishtirish va ko‘maklashish topshirildi. Shuningdek, Axsi mahallasidagi sport zalini ta’mirlash, bank krediti olish bo‘yicha ham so‘rovlar bo‘ldi.
Tadbir so‘nggida tuman hokimi yoshlar yetakchilariga murojaatlar bilan ishlashga jiddiy qarash, natija muhimligi borasida kerakli topshiriqlarni berdi.









