Bugun Xalq qabulxonasida oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari tomonidan fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi.
2026-08-10 15:00:00 / News

Qabul jarayonida fuqarolarning oilaviy, uy-joy, ijtimoiy va xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.





