“Xalq qabulxonasi”da tuman rahbarlarining qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-18 14:30:00 / News

Jumladan, Zarbdor mahallasida yashovchi Zavrajon Boltaboyeva piyodalar yo‘lakchasini asfaltlashtirish, oqtoshlik Ma’suda Azizova uy-joy olish,saroylik Kamoldin Jo‘rayev kadastr ishi masalalaridagi muammolarni bildirdilar. “Sharq” mahallasining bir guruh fuqarolari ichimlik suvi ta’minotidagi qiyinchilik haqida gapirdilar.
Shuningdek, qabul davomida bolalar nafaqasi ajratilishi, deklaratsiya solig‘ini to‘lash, uy buzishga ruxsat olish, tabiiy gaz tushirish, uy ta’mirlash, tibbiy yordam zarurligi haqidagi murojaatlar ham kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar birinchi navbatda qonun talablari, adolat va shaffoflikka tayangan holda ko‘rib chiqiladi. Shu bois tuman rahbari tomonidan har bir soha mas’uliga murojaatchi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, shaxsan shug‘ullanishi va hal etish choralarini ko‘rishi yuklatildi.









