To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari Ikromjon Parpiyev “Xalq qabulxonasi” binosida fuqarolarning murojaatlari yuzasidan muloqotda bo‘ldi.
2026-07-14 14:00:00 / News

Katta Qo‘rg‘oncha mahallasida yashovchi Mirjamol Mamatqulov davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida suyultirilgan gaz muammosi mavjudligi, Chustko‘prik mahallasida yashovchi Nargiza Sotivoldiyeva imkoniyati cheklangan farzandini davolatishga yordam kerakligi, Gulbahor Mamayunusova Qirg‘iz davlatida ta’lim olgan o‘g‘lining diplomini ro‘yxatda o‘tkazish zarurligi haqida murojaatlarini bildirdilar.
Har bir masala bo‘yicha joyida mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan gaplashib, hal etish choralari ko‘rildi.




