Viloyat hokimi qabuli: murojaatlar tinglanib, yechimi bo‘yicha choralar ko‘rildi.
2026-07-11 15:50:00 / News

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga murojaat qilgan yurtdoshlarimizning arizalari bilan tanishildi.
Viloyat hokimi boshchiligida viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari va boshqa masʼullar har bir murojaatni atroflicha o‘rgandilar. Ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, viloyat hokimi qabulini so‘rab kelgan murojaatchilar ham o‘z dardu tashvishlari bilan yuzlandilar. Ularning aksariyati moddiy yordam, turar joy, kadastr, kredit, sud-huquq tizimi va boshqa masalalarda ko‘mak so‘radilar.
Umuman olganda, qabul davomida viloyatning turli hududlaridan kelgan 80 nafardan ziyod yurtdoshlarimiz arzi tinglandi va ular ko‘targan masalalarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Ayrimlariga huquqiy tushunchalar berilib, ijrosi muddat talab etadiganlari nazoratga olindi.









