Bugun ommaviy qabul o‘tkazildi
2026-07-04 14:00:00 / News
Aholi muammolarini tinglash, yechimini izlash va yuzma-yuz muloqotlar olib borish maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimovning bir qator mahallalarda sayyor qabuli tashkillandi. Bildirilgan masalalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugun esa “Xalq qabulxonasi”da tuman prokurori Ahmadxon Yusupov, IIB boshlig‘i Xayrullo Salimovlpr bilan birgalikdagi ommaviy qabul o‘tkazildi.

Unda uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tibbiy yordam olish, xonadon ta’miri, elektr ta’minotini yaxshilash, asossiz hisoblangan soliq va chiqindi to‘loviga aniqlik kiritish, ishga joylashish kabi masalalarda murojaatlar tushdi. Yortepa, Porloq va Kuymozor mahallalaridan kelgan fuqarolar Kosonsoy soyidagi sel oqimi tufayli Kovushkon arig‘iga yetgan zararni bartaraf etishda yordam so‘rashdi.
Ushbu murojaatlarning har biri mas’ullarga yo‘naltirilib, hal etish choralarini ko‘rish topshirildi. Bu borada tuman kengashi deputatlari ham ishtirok etishlari belgilab qo‘yildi.









