Xalqaro hamkorlik
2024-yilning I yarim yilligida 9 ta xalqaro darajadagi tadbir oʻtkazilib, ushbu xalqaro tadbirlarda jami 50 ga yaqin rektor va prorektorlar darajasida delegatsiyalar ishtirok etdi, oliygohlar oʻrtasida jami 160 dan ziyod yangi shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Maʼlumot uchun: 5 ta davlat vakillari ishtirokida taʼlim forumlari, davra suhbatlari oliygohlarining yirik delegatsiyalari bilan uchrashuvlar.
Hisobot davrida 5 ta xalqaro darajadagi hujjat imzolandi.
Maʼlumot uchun: (Belarus Taʼlim vazirligi bilan hamkorlik dasturi,
Buyuk Britaniyaning “QAA” agentligi bilan memorandum, SHHT hamkorlik rejasi).
O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi bilan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida yangi “Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish” (“SPHERE” ) loyihasi 2024-yil 1-martdan o‘z faoliyatini boshladi.
Umumiy qiymati 800 ming Yevro bo‘lgan “SPHERE” loyihasi mamlakatimizda yashil transport sohasini rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha doirasida O‘zbekistondan ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalarida “Barqaror transport tizimlari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha haqida batafsil
2023-yilning I yarim yilligida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar
Xalqaro tadbirlar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yilning I yarim yilligi davomida 7 ta xalqaro darajadagi tadbir oʻtkazildi:
1. Oʻzbekiston–Tojikiston birinchi rektorlar forumi
2. Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi rektorlari forumi
3. Oʻzbekiston va Polsha rektorlari davra suhbati
4. “AYREG – akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi
5. Oʻzbekiston va Vengriya rektorlarining ikkinchi forumi
6. “Jamiyatning iqtisodiy transformatsiyasida taʼlim sifatining oʻrni” mavzusida xalqaro konferensiya
7. Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oliy taʼlim muassasalari forumi
Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida U-2-U (Universitet-Universitet) shaklida rektorlar uchrashuvlari oʻtkazilib, Tojikiston OTMlari bilan 28 ta, Koreya OTMlari bilan 21 ta, Vengriya OTMlari bilan 31 ta, jami 80 ta shartnoma, memorandum va bitimlar imzolandi. Tadbirlarda Tojikistonning 40 dan ortiq, Koreya Respublikasining 18 dan ortiq, Polshaning 20 dan ortiq, Vengriyaning 26 dan ortiq, Buyuk Britaniyaning 10 ga yaqin va boshqa mamlakatlarning 40 ziyod – jami 150 ziyod xorijiy oliy taʼlim muassasasidan rektor va prorektorlar darajasida delegatsiyalar ishtirok etdilar.
Shuningdek, 2022/2023 oʻquv yilining 2-semestri va 2023/2024 oʻquv yili davomida respublikamiz OTMlariga jami 200 ga yaqin xorijiy professor-oʻqituvchini jalb qilish, xorijiy hamkorlar tomonidan respublikamiz yoshlari uchun 250 ga yaqin taʼlim grantlari ajratilishi, oʻzaro manfaatli taʼlim yoʻnalishlarida 50 ga yaqin qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma ilmiy loyihalar va startaplar tanlovlarini tashkil etish, Yevropa Ittifoqining “Erazmus” dasturi doirasidagi tanlovlarda Oʻzbekiston va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining birgalikdagi qoʻshma loyihalar bilan qatnashishlariga kelishildi.
Rasmiy uchrashuvlar
2023-yilning I yarim yilligida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati vakillarining xorijiy hamkorlar bilan Vazirlikda jami 50 dan ortiq rasmiy uchrashuvlari tashkil qilindi. Xususan, uchrashuvlar Amerika Qoʻshma Shtatlari, Misr, Italiya, Shveysariya, Aljir, Koreya, Tojikiston, Koreya, Fransiya, Qatar kabi davlatlarning elchilari, Qozogʻiston fan va oliy taʼlim vaziri, YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakili, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha xalqaro maslahatchisi, Jahon banki vakolatxonasi rahbari, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maxsus vakili kabi yuqori martabali mehmonlar bilan uchrashuv va muzokaralari tashkil etildi.
Uchrashuvlarda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Shuningdek, xorijiy delegatsiyalar vakillari soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda oliy taʼlim va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Xalqaro hujjatlar
2023-yil 1-yarmida 5 dan ortiq xalqaro darajadagi hujjatlar imzolandi. Ular orasida:
- “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati oʻrtasida taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim” (2023-yil 17-yanvar, Singapur);
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti oʻrtasida hamkorlik Bitimi (2023-yil yanvar);
- “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan “PSB” Akademiyasi (Singapur) oʻrtasida anglashuv memorandumi” (2023-yil may);
- “Eron Islom Respublikasi Prezidentining Fan, texnologiya va raqamli iqtisodiyot boʻyicha ofisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻrtasida fan va texnologiya sohasida hamkorlik boʻyicha Harakatlar rejasi” (2023-yil iyun, Tehron);
- Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan Eron Islom Respublikasi Televideniye va radio universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi (2023-yil iyun, Tehron) va boshqalar.