Yangiyo‘lda 50 dan ortiq kaptar noqonuniy ovlangani aniqlandi
2025-03-14 12:00:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim ozgarishi boshqarmasi tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan navbatdagi nazorat tadbiri oʼtkazildi.

Yangiyoʼl tumani hududida o‘tkazilgan reydda fuqarolar N.R. hamda N.S. tomonidan 52 ta kaptar noqonuniy ravishda ovlanganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 19 million 500 ming soʼm miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Holatga qonuniy baho berish uchun hujjatlar Jinoyat ishlari bo’yicha Yangiyo’l tumani sudiga yuborilmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yilning 1-martidan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopildi. Bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat'iyan taqiqlanadi.