Angrenda tabiatga 7 million soʼmdan ortiq zarar yetkazildi
2025-03-05 17:00:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri oʼtkazildi.

Tadbir davomida Аngren shahar Jigariston MFY hududidan oqib oʼtgan Ohangaron daryosida fuqaro A.S. tomonidan taqiqlangan ov quroli — leskali toʼr yordamida baliq ovlanayotganligi aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi tegishli bandi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 7 million 500 ming soʼm miqdorida jarima chorasi qoʼllanildi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Sirdaryoda aynan noqonuniy baliq ovi bilan bog‘liq holatda tabiatga 60 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi.