Noqonuniy saqlanayotgan noyob yirtqich Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi
2025-02-26 17:30:00 / Yangiliklar

Murojaat hudud profilaktika inspektori bilan birga o‘rganildi va saqlanayotgan noyob yirtqich — qoraquloq ekanligi ma'lum bo‘ldi. Natijada "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi hamda "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi qonunlar talablari qo‘pol ravishda buzilgan.
Ma'lumot uchun, qoraquloq butunlay yo‘q bo‘lish arafasida turgan, mozaik tarqalgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiyaning (CITES) I Ilovasiga kiritilgan.
Qoraquloq Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari yordamida maxsus vosita bilan uxlatilib, zararsizlantirildi va hayvonot bog‘iga topshirildi. Ayni damda yirtqichning ahvoli yaxshi va nazorat ostida.
Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.