Qorli tabiatdagi Turkiston silovsinlari
2025-02-26 11:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga Turkiston silovsinlari muhrlandi.

Turkiston silovsini zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon qo‘riqxonalarida, Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i va Zomin milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan. 17 yilgacha yashaydi, soni taxminan 300 taga yaqin.
Ma'lumot uchun, Zomin davlat qo'riqxonasi 1928-yil 5-iyunda Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlari hududlarida tashkil qilingan. Hududda 149 tur hayvonot dunyosi yashaydi, shundan 17 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qo‘riqxonada Turkiston silovsinidan tashqari Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i, Sibir tog' echkisi, oq boshli qumoy, burgut, tasqara va boshqa hayvonlar ham yashaydi.