Noqonuniy qum-shag'al qazib olish natijasida tabiatga 3,5 milliard so'mdan ortiq zarar yetkazildi
2025-02-24 10:00:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari tomonidan Piskent tumanida navbatdagi tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd davomida Piskent tumani hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosining eski o‘zanida qum-shag‘al aralashmalari yuklagich yordamida qazilib, HOWO rusumli yuk transport vositasiga yuklab berilayotganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 3 milliard 696 million 204 ming 960 so‘m zarar yetkazilgani ma'lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan to’plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilmoqda. Shuningdek, avtotransport vositalari Piskent tumanida joylashgan jarima maydoniga joylashtirildi.