Bekobodda tabiatga 100 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
2025-02-13 10:00:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Bekobod tumani "Farhod" MFY hududida navbatdagi ekologik nazorat tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum qazib olinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan o’rganish olib borilganda, tabiatga 100 milliard 627 million 800 ming so’m miqdorida zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi. Holatga huquqiy baho berish uchun to’plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Samarqandda aynan noqonuniy qum-shag‘al qazish bilan bog‘liq ikkita holatda tabiatga 800 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgandi.