Buxorodagi xonadonlardan birida sher bolasi noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi
2025-02-11 15:00:00 / Yangiliklar
![Buxorodagi xonadonlardan birida sher bolasi noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F8ba709ab-c315-da68-60aa-093608136a01_lists_slider_35750.png&w=3840&q=75)
Reyd davomida Romitan tumanining "Qoqishtuvon" mahallasida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 92-prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborildi. Sher bolasi esa Somoniy bog'ida tashkil qilingan vaqtinchalik hayvonot bog‘iga joylashtirildi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga ayrim yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitda, sun’iy yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash taqiqlangan. Shuningdek, ushbu hayvonlardan davlat va ko‘chma sirklarda (chodirlarda) tomoshalar uchun foydalanish ham man etiladi.