Ekologik me’yoriy hujjatlarni ekspertizadan o‘kazishda qanday talablar belgilangan?
2025-02-06 14:00:00 / Yangiliklar
![Ekologik me’yoriy hujjatlarni ekspertizadan o‘kazishda qanday talablar belgilangan?](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F759776c9-d208-395b-1400-5b60d218284b_news_lang_.jpg&w=3840&q=75)
Xususan, taqdim etilgan obyekt toifaga muvofiq, jamoatchilik eshituvi o‘tkazilgan,
shuningdek, obyekt hududida daraxt va butalar mavjud bo‘lgan taqdirda daraxt va butalarning navlari, soni, diametri va balandligi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak. Obyekt hududiga suv havzalari (daryolar, kanallar, soylar, suv omborlari va boshqalar) yaqin joylashgan bo‘lsa, suv xo‘jaligi organlarining suv obyektining o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi, kengligi, chuqurligini o‘zida aks etgan ma’lumotnomasi hamda suv xo‘jaligi organlarining texnik shartlari talab qilinadi.
Bundan tashqari, elektron tasdiqlangan vaziyat rejasi — obyektga eng yaqin joylashgan aholi punktlari va suv havzalarigacha masofa, obyekt bilan chegaradosh obyektlarning nomi va faoliyat turi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Umuman olganda atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari tarkibida:
— ekspertiza obyektlarining atrof-muhitga taʼsirini baholashda bosqichlarning ketma-ket amalga oshirilganligini oʻrganish;
— loyihalarning jamoatchilik eshituvlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarorining 3-ilovasida keltirilgan talablar asosida oʻtkazilganligi va ijobiy xulosasi mavjudligini aniqlash;
— ekologik ekspertiza obyekti aholi turar joylariga yaqinligini oʻrganish va davlat sanitariya organlarining obyektni joylashtirish uchun ijobiy xulosasi mavjudligini aniqlashtirish;
— qurilishi rejalashtirilgan maydonda daraxtlar mavjud boʻlgan holatlarda ekologik nazorat inspeksiyasi masʼul xodimlarining daraxtlarni xatlov qilish hujjati mavjudligi;
— obyektning vaziyat xaritasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori 2-ilovasi 24-bandining “a” kichik bandlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Ekologik meʼyoriy loyihalar tarkibida esa ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash, suv obyektlariga oqizish manbalari, chiqindilarni vaqtincha joylashtirish joylari belgilangan obyekt bino inshootlarining bosh rejasi, obyekt uchun avval berilgan ekologik ekspertiza xulosalarida koʻrsatilgan talablar bajarilishi yuzasidan inspeksiyaning joyiga chiqib oʻrganganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalari, korxona tomonidan ifloslantiruvchi manbalar va tozalash uskunalari monitoringi natijalari bo‘lishi lozim.
Muhim! Obyekt hududida 25 foiz yer maydonida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish talab qilinadi.
Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan arizalarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisidagi” Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son va 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarorlari, sohaga tegishli Qonun va qonunosti hujjatlari hamda meʼyoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.