Ertaga navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi
2025-01-21 17:00:00 / Yangiliklar
Ma’lumot uchun, aksiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga ko’ra har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing. Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.