Asosiy kontentga o'tish

O'zbekiston florasi

2025-01-16 10:00:00 / Yangiliklar

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlari tomonidan qishda ochilgan gullar suratga olindi. Surxon davlat qo‘riqxonasi hududidagi Korolkov za’faroni, “Yuqori to‘palang” milliy tabiat bog‘idagi Kesselring savrinjoni va dorivor momaqaymoq shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Kesselring savrinjoni  Markaziy Osiyoning populyatsiyasi kamayib borayotgan turidir. U togʻ etaklaridan yuqori togʻ hududigacha boʻlgan qoyali va shagʻalli yon bagʻirlarda yakka namunalar va kichik populyatsiyalar sifatida uchraydi.

 

Noyob oʻsimlik — Korolkov za'faroni ham Oʻrta Osiyoga xos. Guli taom uchun ham, tibbiyotda ham qimmatli ziravorlar manbai hisoblanadi. Qiyaliklarda oʻsadi.

297

Oxirgi yangilanish: 2025-01-16 10:21:17

O'zbekiston florasi