Turkiston oq laylagi — deyarli zaif, qisman o‘troq uchib o‘tuvchi turning Turkiston kenja turi hisoblanadi.
2024-12-21 13:00:00 / Yangiliklar
Hozirgi kunda Turkiston tog‘lari etaklarida va Qashqadaryo vohasida ham bir qanchasi saqlanib qolgan. Xorazm va Buxoro vohalaridan esa yo‘qolib ketgan.
Oq laylaklarning bahorgi uchib o‘tishi fevral-mart oylari, kuzgisi esa avgust oyining oxiri va sentyabr oyining boshlarida kuzatiladi. Yashash joylari asosan vohalar, sug‘oriladigan maydonlar, botqoqlar va daryo bo‘ylari hisoblanadi. O‘zbekiston hududidagi oq laylak populyatsiyasining 82 foizidan ortig‘i elektr uzatish liniyalariga uya quradi.
Umumiy soni 2500 - 2700 ta deb taxmin qilinadi. 1960-1980 - yillarda markaziy va janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda uchrashi odatiy hol bo‘lgan, hozirda 1,5 ming jufti uyalaydi (jahon populyatsiyasining 70-80% i), undan 95% i Farg‘ona vodiysida uchrashi qayd etilgan.
Aprel-may oylarida 3-5 ta tuxum qo‘yadi va 32-34 kun bosib yotadi. Ko‘p yillik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rtacha 2,7 ta tuxum ochib chiqadi. 2015-yilda bu ko‘rsatkich 1,9 ga teng bo‘lgan. Umr davomiyligi 16–17 yilni tashkil qiladi. Oq laylaklarni ovlash ta’qiqlangan.
Fotosuratlar muallifi:N.Marmazinskaya