Samarqandda fuqaro yo'lbars pitonini noqonuniy saqlab kelayotgani ma'lum bo'ldi
2024-12-03 11:00:00 / Yangiliklar
Ishtixon tuman IIBning aniqlashicha, ilon mamlakatimizga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan va fuqaro tomonidan saqlab kelingan.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazdi va Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan ilonning uzunligi 2,78 metr, eni 28 sm. ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. B.M. bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari — 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Hozirda yo‘lbars pitoni viloyat Ekologiya boshqarmasi himoyasiga olinib, Zarafshon milliy tabiat bog‘i reabilitatsiya markazida bog‘ mutaxassislari tomonidan maxsus ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.