40 bosh saʼvani kiyimiga yashirib o‘tayotgan fuqaro to‘xtatildi
2024-12-02 17:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti orqali sa'va qushlari noqonuniy olib o‘tishga urinilgani haqida xabar berildi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining vazirlikka ma'lum qilishicha, qoʻshni mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan fuqaroning xatti-harakatlari shubhali tuyilgan. Oʻtkazilgan shaxsiy koʻrik natijasida huquqbuzar kiyimiga ogʻzaki soʻrovda aytilmagan hamda deklaratsiya qilinmagan 40 bosh sa'va qushini yashirib o'tayotganligi aniqlandi.
Ekologiya vazirligi davlat inspektorlari voqea joyiga yetib borib holatni oʻrganishganida, saʼva qushlarini olib kirish boʻyicha hujjatlari yoʻqligi maʼlum boʻldi. Qushlar tabiatga qoʻyib yuborildi.
Hozirda ish yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar sud organlariga jo‘natildi.