Asosiy kontentga o'tish

Qoraquloq fotoqopqon kadrlarida

2024-10-31 10:25:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog'i hududida o’rnatilgan fotoqopqonga qoraquloq muhrlandi.

Ma'lumot uchun, Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog’i Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo’ng'irot tumanida joylashgan bo’lib, 2020-yil 11-noyabrda tashkil topgan. Unda 149 turdagi hayvonot dunyosi mavjud va ulardan 36 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. 

Jumladan, qoraquloq ham butunlay yo'q bo'lib ketish arafasida turgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning I Ilovasiga kiritilgan. Ustyurt yassi tekisligi, Amudaryoning quyi oqimi va boshqa ayrim hududlarda uchraydi. Cho'llarning barxanli va mustahkamlangan qumli qismlarida, gipslashgan tekisliklarda, ba'zan cho'llashgan tog‘ etaklari va to‘qayzorlarda yashaydi.

594

Oxirgi yangilanish: 2024-10-31 10:44:17