Huquqbuzar o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
2024-10-28 14:35:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Nurafshon MFY hududida fuqaro M.J. tomonidan huquqbuzarlik sodir etildi. Holat hududda o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga muhrlangan.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yuqori Chirchiq tuman boʼlimi inspektorlari tomonidan 2003-yilda tugʼilgan fuqaro M.J. davlat raqami "01 506 WHA" bo‘lgan avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari — 1 million 125 ming soʼm miqdorida jarima qoʼllanildi. Shuningdek, M.J. transport vositasida o‘zi tashlagan chiqindilarni Yuqori Chirchiq tuman bo’limi hududidagi poligonga joylashtirdi.