Ertaga navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo’lib o’tadi
2024-10-22 11:25:00 / Yangiliklar
Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga ko’ra har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari o’rniga atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing. Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.