Asosiy kontentga o'tish

Sirdaryoda maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2024-10-18 17:05:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan respublikamizdagi ta'lim muassalarida o‘quvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi 171-sonli qaroriga ko‘ra o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik ongi va madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Xususan, ana shunday uchrashuvlardan biri Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida o‘tkazildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga atrof-muhitni ifloslantirish qanchalik salbiy oqibatlarga olib kelishi, duch kelgan joylarga chiqindi tashlamaslik va tabiatga do‘stona munosabatda bo‘lish kerakligi tushuntirildi. Shuningdek, yashillik darajasini oshirish, ko‘proq daraxt ekish kerakligi ta'kidlandi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar tabiatni asrash, xususan, chiqindilarni qayta ishlash kerakligi aks etgan ijod namunalarini taqdim etishdi. Yakunda o‘quvchilarga "Faxriy yorliq" va esdalik sovg‘alari topshirildi.

830

Oxirgi yangilanish: 2024-10-18 17:11:39

Sirdaryoda maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi