Xorazm va Jizzaxda issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi
2024-10-16 11:55:00 / Yangiliklar
Ma'lumot uchun, delegatsiya vakillari xizmat safari bilan Koreya Respublikasida bo‘lib, bir qancha kompaniyalar bilan chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazishgani hamda Jizzax viloyatida chiqindilarni qayta ishlash zavodini qurish boʻyicha grant loyiha bitimi imzolangani haqida xabar bergan edik.
"Song-do" zavodiga tashrif Jizzax viloyatida piroliz usuli orqali chiqindi yoqish amaliyotini joriy etishga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirildi.
Maʼlumot uchun, "Song-do" zavodi 2006-yilda barpo etilgan va hozirda kuniga 540 tonna chiqindi piroliz usuli orqali ikki kameralik pechkada (1-kamerada 1000 gradusdan yuqori va 2-kamerada 950 gradus haroratda) yoqiladi.
Shu bilan birga, I. Qutbiddinov “Green Hammer Co., Ltd.” kompaniyasi bosh direktori va prezidenti D.Cho bilan uchrashdi. Uchrashuvda Xorazm va Jizzax viloyatlarida organik chiqindilarni yoqish, tozalash va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish orqali issiqxona gazlarini kamaytirish loyihasini amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.