Qizilqum arxari fotoqopqonga muhrlandi
2024-10-15 11:00:00 / Yangiliklar
Nurota davlat qoʻriqxonasi 1975-yil 10-yanvarda Jizzax viloyati Forish tumanida faoliyat boshlagan. Hududda hayvonot dunyosining 250 ga yaqin turi roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 31 turi Qizil kitobga kiritilgan. Qoʻriqxonada eng koʻp uchraydigan asosiy muhofaza etiladigan tur Qizilqum arxari hisoblanadi.
Qizilqum arxari zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxati va CITESning II ilovasiga kiritilgan. Nurota, Oqtog‘ tizmalarida, Tomditog‘ qoldiq tog‘larida, Turkiston tizmasida tarqalgan. Umumiy soni 2000 ta atrofida. Asosiy qismi Nurota qo‘riqxonasi hududida uchraydi va so‘nggi 10 yilda soni ancha barqarorlashgan. 1991-yildan beri qo‘riqxonada ko‘paytirilmoqda.