"Oqtog‘-Tomdi" qo'riqxonasidagi qum tovushqoni
2024-10-11 10:50:00 / Yangiliklar
Qum tovushqoni (qum quyoni yoki tolay tovushqoni) quyonlarning eng kichik vakili hisoblanadi. Tanasining uzunligi 39-55 sm.ga, dumining uzunligi 7,5-11,5 sm.ga, og‘irligi 1,5-2,5 kg.ga yеtadi. Qo'riqxonada bahorgi sanoq vaqtida 32 ta qum tovushqoni hisobga olingan.
Ma’lumot uchun, 40000 gektar maydonga ega "Oqtog'-Tomdi" qo‘riqxonasi 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Tomdi tumani hududidagi Qizilqum cho‘lining janubiy qismidagi o‘ziga xos tabiiy majmua va obyektlarni, hududdagi ekotizimni, shu bilan birga, yo‘qolib ketish havfi ostida bo‘lgan noyob hayvonlar va qushlarni hamda o‘simlik turlarini, u yerlardagi landshaftlarni muhofazaga oladi.
Qo‘riqxonada hozirgacha umurtqali hayvonlardan 14 tur sut emizuvchilar, 21 tur qushlar, 6 tur sudralib yuruvchilar uchraydi, shundan 13 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu davlat qo‘riqxonasi, shuningdek, cho‘llanishning ortib borishi, havoning qum va chang zarralari bilan ifloslanishi, iqlimning keskin o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy omillarning oldi olinishiga ham sharoit yaratadi.