Asosiy kontentga o'tish

Bugun, 4-oktabr butun dunyoda hayvonlarni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanmoqda

2024-10-04 17:05:00 / Yangiliklar

Bu kun tarixi rasman 1931-yilga borib taqaladi. Shu yili may oyida Italiyada bo'lib o'tgan tabiatni muhofaza qilish tarafdorlari kongressida 4-oktabr – Butunjahon hayvonlarni muhofaza qilish qilish kuni sifatida e'lon qilindi.

Bugun jamoatchilik e'tibori hayvonlarni asrash, g‘amxo‘rlik qilish, ularga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga qaratiladi.

Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, Yer yuzida har soatda uch turdagi hayvonlar yo'qoladi. Har kuni sayyoramizning 70 tur o'simlik va hayvonot dunyosi nobud bo‘ladi. Yaqin kelajakda esa o'simlik va hayvonot dunyosining to'rtdan bir qismi yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi. Bu raqamlar hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish juda muhim ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

577

Oxirgi yangilanish: 2024-10-04 17:01:22

Bugun, 4-oktabr butun dunyoda hayvonlarni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanmoqda