O‘zbekistonda daraxtlarni asrashga qaratilgan navbatdagi aksiya o‘tkazilmoqda
2024-07-15 15:45:00 / Yangiliklar
Xususan, Samarqand viloyatida 100 dan ortiq daraxtlar atrofi beton va asfalt qoplamalardan tozalanib, 114 ta daraxtga ilingan turli reklama bannerlari va elektr simlari yoritkich chiroqlari olib tashlandi. Andijon viloyatida esa 132 ta daraxt beton qoplamalardan tozalanib, 85 ta daraxt turli bannerlardan, yoritkichlardan xalos qilindi. Qolaversa, boshqa hududlarda ham aksiya davom etmoqda.
Bundan tashqari, aksiya doirasida daraxtlarga shikast yetkazganlik holatlari bo‘yicha huquqbuzarlarga MJtKning tegishli moddalariga ko‘ra jazo choralari tayinlanmoqda.
Mazkur aksiya har yili o‘tkaziladi. Bu orqali daraxtlarning yashovchanligini ta’minlash, ularning zararli vositalar ta'sirida shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsad qilingan.