IT and English Academy Navoiy shahrida muhim loyihalarni amalga oshirmoqda
2024-11-01 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Navoiy shahrida dasturlash tillari va chet tillarini o‘rgatib kelayotgan o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur o‘quv markazida ta'lim olayotgan yoshlar bilan suhbat tashkil etilib, chet tillarni puxta o‘rganish orqali yuqori daromadli ish bilan band bo‘lish imkoniyatlari haqida tushuncha berildi. Bundan tashqari, IT sohasiga qiziquvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarning IT sohasidagi startap loyihalari va g‘oyalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, masofaviy xizmatlar eksporti markazlari uchun chet tillarini mukammal o‘zlashtirgan yoshlar yetkazib berilayotgani alohida ta’kidlandi.