IT sohasidagi ayollarning imkoniyatlari va muammolari muhokama qilindi
2024-09-17 21:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishga intilayotgan ayol va qizlarni qo‘llab-quvvatlash, to‘siqlarni bartaraf etish va mukammallikka erishish strategiyalarini muhokama qilib to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Konferensiya doirasida dolzarb masalalar, xususan, professional rivojlanish, liderlik, gender tenglik, innovatsiyalar hamda IT liderlik mavzularida yetakchi ekspertlarning chiqishlari, panel muhokamalarda ishtirokchilar dastur va tashabbuslarning asosiy jihatlari muhokama qilindi.
Tadbir ayollarni kasbiy sohada qo‘llab-quvvatlash, IT va biznes kabi sohalar, martaba pog‘onasida ko‘tarish, sohada yanada inklyuzivlik va adolatli jamiyatni yaratishga qaratildi.
Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi, xalqaro va mahalliy kompaniya vakillari, turli mamlakat ayollar hamjamiyatlari rahbarlari hamda sohaga befarq bo‘lmagan ayol va qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirida axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatli karyera qurmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va professional ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim jihatlar haqida ekspertlardan amaliy tavsiyalar olishdi.
Shunindek, yetakchi ekspertlari bilan sohadagi asosiy muammolar, kasbiy rivojlanish, innovatsiyalar va yetakchilik kabi dolzarb masalalar muhokama etilib, ayollarning faoliyat yo‘llari, duch kelgan qiyinchiliklari va muvaffaqiyatlari bilan tanishish imkoni yaratildi.
Konferensiyasiga tashrif buyurganlar AKT sohasida katta tajribaga ega ekspertlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar hamda qizg‘in muhokamalarda faol ishtirok etishdi.
Shuningdek tadbir so‘ngida ilk bor IT sohasidagi ayollarning cheksiz imkoniyatlari va sohada muvaffaqiyatlari haqida so‘z boradigan “IT Ladies Uzbekistan” jurnalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur jurnaldan ko‘zlangan asosiy maqsad – nafaqat sohada muvaffaqiyatga erishgan ayollar balki unga kirib kelish istagida bo‘lgan chekka hududlardagi qizlarni zamonaviy kasblarga o‘qitib, jamiyatda o‘z o‘rniga erishish hamda moliyaviy barqarorlikka erishishlari uchun ko‘mak berishdan iborat. Jurnalning dastlabki sonida 20 nafar IKT sohasida muvaffaqiyatga erishgan qizlarning faoliyatlari haqida so‘z boradi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, muhokamalarda faol ishtirok etishdi.