Kambagʻallikni qisqartirishda faol nuroniylar ham hissa qo'shadi
2024-11-27 14:50:00 / Vazirlik yangiliklari
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko'ra, mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli 3 nafar faol nuroniy 5 ta kambagʻal oilaga biriktiriladi.
Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yoʻnalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
⬇️ xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini boʻlib toʻlash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
⬇️oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan farzandlarini oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlash;
⬇️piyoda yurish madaniyatini targʻib qilish;
⬇️keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish.
✅Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.
✅Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.