KOREYA RESPUBLIKASI BILAN KASB-HUNAR TAʼLIMI SOHASIDA HAMKORLIK KENGAYADI
2024-11-25 19:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Von Do Yon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Koreya taʼlim standartlari asosida ishsiz aholini kasb-hunarga oʻqitish, xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga kasb-hunar oʻrgatish hamda Koreya Respublikasida ishga joylashtirish, ikki mamlakatning bandlik sohasida kelgusidagi hamkorligini yanada mustahkamlash borasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Janubiy Koreya xususiy kompaniyalarining Oʻzbekiston mehnat bozoriga talabi oshib borayotgani, chet elda ishlash istagidagi fuqarolarga mamlakatimizning oʻzida kasb-hunar oʻrgatish boʻyicha Koreyaning yirik sanoat korxonalari sarmoya kiritishga intilayotgani borasida toʻxtalib oʻtildi.
O'z navbatida, vazir B. Zohidov mamlakatimizda kambag'allikni qisqartirish sohasida jadal olib borilayotgan islohotlarda aholining bandligi muhim masala ekanligini ta'kidladi.