Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv
2024-11-25 18:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha Byuro direktori Mixail Pushkin hamda XMTning Mehnat sohasida fundamental tamoyillar va huquqlar departamenti rahbari Filipp Vanxuynegem bilan uchrashdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasida Munosib mehnat bo‘yicha 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Mamlakat dasturi ijrosi natijalari va 2026-2030-yillar uchun yangi dasturni ishlab chiqish hamda uni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.