Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze bilan uchrashdi
2024-11-14 20:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Uchrashuvda kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ta'minlash, aholini kasb-hunarga tayyorlash hamda sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarning salmogʻini oshirish, shuningdek, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturidagi vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.