Asosiy kontentga o'tish

“Mehnatni muhofaza qilishga oid ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

2024-10-30 15:45:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga oid ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Ushbu qaror loyihasi bilan:

- “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”;

-  “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risida”;

- “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida”;

-  “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi nizomlar tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.

Mazkur qaror loyihasi ID-2087 raqam bilannormativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlabchiqish va kelishishning yagona elektron tizimi(loyiha.adliya.uz) orqali jamoatchilik muhokamasiga kiritildi.

Shu munosabat bilan, barcha soha mutaxassislari va keng jamoatchilik ushbu loyiha yuzasidan o‘z takliflarini berishlari mumkin.

494

Oxirgi yangilanish: 2024-10-30 15:53:05