Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Paxta yig‘im-terimi davrida mehnat sharoitlari yaratilishi va majburiy mehnatning oldini olish” mavzusidagi brifingi
2024-10-24 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yil paxta mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida ish beruvchilar va fuqarolarga paxta dalalarida Mehnat sharoitlarini yaratish va majburiy mehnatni oldini olish yuzasidan axborot kompaniyasi tashkil etildi.
Yurtimizning barcha hududlaridagi aholi gavjum joylarda mavzuga doir peshlavhalar o‘rnatildi hamda keng targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Fermer xo‘jaliklari va paxta to‘qimachilik klasterlarining vakillari uchun respublikaning barcha hududlarida majburiy mehnatni oldini olish, mavsumiy ishga jalb qilinadigan ishchilarni yollashda mehnat qonunchiligiga amal qilish mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 27 mingdan ortiq treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda
700 mingga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.
Paxta yig‘im-terim mavsumida kelib tushadigan murojaatlarning tezkorlik bilan ko‘rib chiqish hamda majburiy mehnatni bartaraf etish maqsadida vazirlikning “1282” raqamli Ishonch telefoni hamda “Munosibmehnat.uz” telegram bot messendjeri fuqarolarning mehnat masalalariga oid murojaatlari qabul qilinmoqda.
Bugungi kunga qadar vazirlikning ishonch telefoni hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali majburiy mehnat va mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 283 ta (300 ga yaqin) murojaatlar kelib tushdi.
Shundan, 26 tasi majburiy mehnatga jalb qilinganlik, 27 tasi munosib mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 219 tasi terim pullari o‘z vaqtida berilmayotganligi va 1 kg qo‘lda teriladigan paxtaning narxi to‘g‘risidagi murojaatlardir.
Hududlarda tashkil etilgan ishchi guruxlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan davlat mehnat inspeksiyasi xodimlaridan tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
Shuningdek, mavsum davomida 350 nafardan ortiq mehnat inspektorlarining barchasi majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik hamda mehnat sharoitlarini yaratilishi yuzasidan 22 mingta tashkilot, fermer xo‘jaliklari va dalalarda monitoringlar o‘tkazishdi.
O‘rganishlar davomida, 37 ta murojaatlar qanoatlantirildi,
200 ga yaqin murojaatlar bo‘yicha terimchilar va ish beruvchilarga tushuntirishlar berildi, 35 ta murojaatdagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, 13 ta fermer ho‘jaliklari rahbarlariga yozma ko‘rsatma, 5 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Paxta mavsumida munosib mehnat sharoitlari yaratilishi
va majburiy mehnatning olidini olish borasidagi targ‘ibot ishlari davom etmoqda.
Qadrli yurtdoshlar!
Agarda paxta terim mavsumida mehnat huquqlaringiz buzilsa yoki shu kabi holatlarga guvoh bo‘lsangiz, vazirlikning “1282” qisqa raqamli Ishonch telefoni hamda “Munosibmehnat.uz” telegram botiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.