Mediatsiya – nizolarni hal qilish usuli sifatida
2024-10-03 13:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Poytaxtimizda “Solidarity Center” markazining loyihalashtirish direktori Paata Beltadze, Gruziya Respublikasi Mediatorlar Assosiatsiyasining boshlig‘i Irakli Kandashvili hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari ishtirokida ayni mavzuda trening tashkil etildi.
Unda yakka tartibdagi va mehnat nizolarini mediatsiya yo‘li bilan hal qilish, Singapurning mediatsiya to‘g‘risidagi konvensiyasi va uning amalga oshirilishi, Yevropa Ittifoqining mediatsiya to‘g‘risidagi qonunlari va qonunchilikni baholash, O‘zbekistonda mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik mavzularida fikr almashildi.
Mediatsiya - munosabatlar yomonlashgan holatlarda, yuzaga kelgan muammoni muzokaralar orqali hal qilish jarayoni. Bu jarayon odatda o‘zaro kelishilgan muddatlarda moderatorlar ishtirokida o‘tkaziladi va nizolarni sodda, samarali yechimlar bilan hal qilishga yordam beradi.