Asosiy kontentga o'tish

Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

2024-08-23 12:40:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘i bilan Jumanov Jahongir Sabitaliyevich Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J. Jumanov 1982-yilda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega, oliy ma’lumotli iqtisodchi.
 
U Farg‘ona viloyati hokimligi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi rahbari, Oltiariq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri hamda Furqat tumani hokimi kabi mas’uliyatli lavozimlarda ish olib borgan.

Jahongir Jumanovga yangi lavozimda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!

544

Oxirgi yangilanish: 2024-08-23 18:32:02