Voleybol: “Viloyat hokimi kubogi” gʻolib va sovrindorlari aniqlandi
2025-03-03 09:30:00 / Yangiliklar

Mazkur farmoyish ijrosi yuzasidan Buxoro viloyat sport boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda voleybol boʻyicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqalarning mahallalararo tuman(shahar) bosqichlari joriy yilning 20-21-fevral kunlari oʻtkazildi hamda musobaqalarda 14-30 yoshgacha boʻlgan 5000 nafardan ortiq yigit-qizlar ishtiroki taʼminlandi.
Musobaqaning viloyat bosqichi 28-fevral-1-mart kunlari Buxoro shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida boʻlib oʻtdi. Musobaqada har bir tuman (shahar)larda gʻolib boʻlgan 250 nafardan ortiq oʻgʻil va qiz bolalar qtnashishdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, qizlar oʻrtasida Buxoro shahar jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin Kogon tumani, uchinchi oʻrin esa Shofirkon tumani jamoalariga nasib etdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida ham Buxoro shahar jamoasi birinchi oʻringa ega chiqdi. Peshkuliklar ikkinchi, Qorakoʻl tumani jmoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Gʻolib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati