Buxoroda aholini kambagʻallikdan chiqarish, bandlikni taʼminlash va daromadni oshirish boʻyicha yangi tashabbusga qoʻl urilmoqda
2025-01-28 21:50:00 / Yangiliklar
![Buxoroda aholini kambagʻallikdan chiqarish, bandlikni taʼminlash va daromadni oshirish boʻyicha yangi tashabbusga qoʻl urilmoqda](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F993b94bb-35dd-8fd6-b9bd-df69417b4451_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
— Daromadlarimiz ortidan ikki qizimizni orzu-havas qilib uzatdik. Hozir oʻgʻlimizni oliygohda oʻqityapmiz. Uy-joyimizni yangiladik, mashina oldik. Xullas, mehnat qilib kam boʻlayotnimiz yoʻq, - deydi Qizlarxon opa.
Hozir issiqxonada ish qizgʻin. Yangi koʻchatchilik mavsumiga tayyorgarlik bormoqda. Yerni oʻgʻitga toʻyintirish ishlari olib borilmoqda. Bungdan tashqari, xonadonda 3 bosh qoramol, 5 bosh qoʻy-qoʻzi boqilmoqda.
Viloyat hokimi Botir Zaripov mahalladagi oʻrganishlarini ayni shu xonadondan boshladi. Shu yerda mazkur xonadon tajribasi misolida aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bunda, imtiyozli kreditlar hisobiga ixcham issiqxonalar qurib berish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga zarur koʻchatlarni bepul tarqatish, ehtiyojiga qarab odamlarga qoramol berish kabi masalalar batafsil muhookama qilindi. Bu boʻyicha zarur vazifalar belgilandi.
Oʻrganishlar davomida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha “xonadonbay” ish olib borildi. Bunda ijtimoiy reestrda turgan, nogironligi bor aholi vakillari bilan manzilli ishlash, chet davlatlarda yurgan fuqarolarni vatanga, oila bagʻriga qaytarish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi va kafolatli bandligi taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Botir Zaripov mahalladagi ijtimoiy reeestrda roʻyxatda turgan, kambagʻal fuqarolarning har biri bilan suhbatlashdi. Ularning muammolariga quloq tutdi. Ularni hal qilish choralar izlandi.
— “Xidreyli” misolida viloyatda odamlarni kambagʻallikdan chiqarish, ishsizlikni keskin kamaytirish boʻyicha yangi tajriba yaratiladi. Bunda “mahalla yettiligi”, “mahalla bankiri” va boshqa tuzilmalar kuchidan samarali foydalanish talab etiladi. Agar shu tuzilmalar fidoyilik koʻrsatsa, natija boʻladi, -dedi Botir Zaripov.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati