Tashqi reklama: Qonunga buysunish barchaning burchidir
2025-01-09 10:10:00 / Yangiliklar
Hududlardagi tashqi reklama va yozuvlarning nechog‘li tartib va aniq loyihalar asosida joylashtirilishi o‘sha hududning me’moriy qiyofasiga ham ta’sirini o‘tkazadi.
Ammo viloyat hokimligi hamda shahar va tumanlardagi tegishli mas’ullar tomonidan hududlarda muntazam ravishda o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borilayotganligiga qaramay, o‘z shaxsiy manfaatini jamoat va jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘ygan bir qancha kishilarning Davlat tili ham reklama qonunchiligi talablarini qasddan buzishga urinishayotganligi holatlari kuzatilmoqda.
Qayd etish joizki, mas’ullar tomonidan faqatgina yanvar oyining o‘tgan dekadasi davrida 126 ta noqonuniy tashqi yozuvlar bartaraf etilib, 200 ga yaqin tadbirkorlarga sohadagi qonunchilik talablari xususida tushuntirishlar berildi.
Qonunchilik talablarini takroran buzgan 3 ta yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Har qanday qonun avvalo o‘z ijrosi bilan qadrlidir. Qonunga buysunish esa har bir fuqaroning burchidir.
Eslatma:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasiga asosan:
Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin deb belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli hamda 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarorlarida:
bino fasadida o‘rnatilgan axborot matni 1 kvadrat metr (oshxona va ishlab chiqarish korxonalarida 2 kvadrat metr) hajmidan oshmasligi lozimligi, agar ushbu hajmdan oshsa u tashqi reklama hisoblanib, buning uchun tegishli pasport olinishi hamda oylik to‘lovlar to‘lash kerakligi;
bino fasadidan tashqarida faoliyat turi haqida axborot beruvchi har qanday hajmdagi ustun yoki moslama reklama hisoblanib, buning uchun tegishli pasport olinishi hamda oylik to‘lovlar to‘lash lozimligi;
Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 1781-moddasiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarigacha jarimaga tortilishi belgilangan.
Akbar Rustamov,
Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi