Asosiy kontentga o'tish

Yoshlar va Sport

Ikramov Adxam Ilxamovich

Ikramov Adxam Ilxamovich

O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri

Sa'dullayev Alisher Zafar o‘g‘li

Sa'dullayev Alisher Zafar o‘g‘li

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Yoshlar ishlari agentligi Direktori

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi. Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli taʼlim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi taʼlim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilindi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Yoshlar daftari" elektron platformasi - ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo'lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi bo‘lib. Ushbu baza o'n sakkiz yoshdan o'ttiz yoshgacha bo'lgan yoshlarni o'z ichiga oladi va platforma orqali ish bilan ta'minlanadi.

O‘zbekistonda sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish va ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda professional sportchilar, murabbiylar, hakamlar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi. Bu maqsadlarning amalga oshirilishi respublikada sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, har tomonlama barkamol yoshlarni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga har tomonlama xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni hamda fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar, ayollar va bolalarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga qaratilgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim huquqiy asosidir. Davlatimiz bayrog‘i ranglarini himoya qilayotgan yosh o‘g‘il-qizlar, individual va o‘yin yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar vakillik anjumanlarida o‘ziga xos tayyorgarlik va ajoyib mahorat namoyish etayotgani boy sport an’analariga ega mamlakat vakili ekanini yorqin tasdiqlaydi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaralarini sport bilan shug‘ullanayotgan hamyurtlarimiz safi ortib, turli xalqaro turnirlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va unda mamlakatimiz sportchilarining ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari 1993 - yilda Xalqaro olimpiya qo'mitasiga a'zo bo'lgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) tomonidan ta'minlanadi. Mamlakatimizga tashrif buyurgan Osiyo Olimpiya Kengashi, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi, Og‘ir atletika, boks, qilichbozlik, yengil atletika va gimnastika xalqaro federatsiyalari, Xalqaro kurash ittifoqi, Osiyo taekvondo ittifoqi, Butunjahon antidoping agentligi rahbarlari va vakillari O‘zbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Yaratilgan sport infratuzilmasi tufayli O‘zbekiston yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, boks, taekvondo, erkin kurash, qilichbozlik va boshqa sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlari o‘tkaziladigan hududga aylandi.

Mamlakatimizda sport klublari va jamoalari tarbiyalanuvchilari orasidan yosh iqtidorli sportchilarni saralab olishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekistonda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishning haqli asosi bo‘lgan bolalar sportining ommaviyligini kengaytirish borasida olib borilayotgan siyosat alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yildagi farmoniga muvofiq Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgani bolalar sportini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Uning asosiy vazifasi bolalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodda sportga qiziqishni uyg‘otish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar tufayli sport, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida eng nufuzli faoliyat yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekistonning nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan iste’dodli vakillarining nomi esa mamlakatimiz va jahon sporti tarixiga muhrlangan.

174

Oxirgi yangilanish: 2024-12-17 17:31:36