Xalqaro avtomobil federatsiyasi bilan mamlakatimizda avtomobil sportini rivojlantirish va harakat xavfsizligi masalasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2025-12-11 10:10:00 / Yangiliklar

Mazkur haftalik doirasida yurtimizga tashrif buyurgan FIA Prezidenti Muhammad bin Sulaym kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.
Bugun Toshkent shahri IIBBda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) delegatsiyasi hamda vazirlik idora rahbarlari ishtirokida yo‘l harakati xavfsizligini takomillashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adkham Ikramov, Ichki Ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbay Omarov hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbar o‘rinbosarlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Shuningdek tadbirda FIAning avtomobil mobilligi va turizm bo‘yicha vise-prezidenti Tim Shirman, FIA Bosh kotibi Villem Gryonevald ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimizda avtomobil sohasi, yo‘l infratuzilmasi yo‘nalishlarida, shuningdek avtosport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Mehmonlarga yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida qoʻllaniladigan maxsus texnika va transport vositalari va axborot tizimlari imkoniyatlari namoyish etildi.
Tadbirda FIA bilan yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash, yoʻllarda tirbandliklarni kamaytirish, sun’iy inttelekt imkoniyatlaridan keng foydalanish, yoʻnalishlarida oʻzaro ilgʻor tajribalarni almashish yuzasidan fikr almashildi.
Shu bilan birga uchrashuv davomida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida FIA bilan hamkorlikda yoʻl xaritasi ishlab chiqish , tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

