Turizm va Madaniyat
Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri - Bosh ekologik inspektor
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizm tarmoqlariga qaratilayotgan yuqori eʼtibor natijasida yurtimizga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy mehmonlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga qulay sharoitlar, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, turizm tarmoqlari hamda joylashtirish vositalarida xizmat turlarining yaqqol ortishi va yuqori servis salohiyatining yo‘lga qo‘yilganini kuzatish mumkin.
Bu borada “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan. Ushbu Nizom talablariga binoan esa sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish o‘zining samarali natijasini berdi.
Sababi turizm xizmatlarini sertifikatlashtirishning eski tizimi o‘zini oqlamagan bo‘lsa, ko‘p yillar davomida turizm xizmatlari sifat va xavfsizlik borasidagi standartlarga javob bermasdi. Turizm xizmatlari uzoq davrlardan qolgan va dolzarbligini yo‘qotgan, xalqaro talablarga javob bermaydigan standartlar asosida sertifikatlashtirilar edi.
Bunda Markaz qoshida Turizm xizmatlarini standartlashtirish sohasidagi texnik qo‘mita tashkil etilgan. Hozirgi kungacha ushbu texnik qo‘mita tomonidan xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan 14 ta davlat standarti ishlab chiqilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda ular asosida sertifikatlashtirilgan joylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlarning xavfsizligi va sifatini taʼminlash sezilarli darajada oshdi.
Shuningdek, mehmonxona biznesi vakillariga qulaylik yaratish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bazaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘mak beruvchi joylashtirish vositalari xodimlari uchun matn va audio materiallaridan tashkil topgan mobil ilova ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston tomonidan YUNESKOning sohaga oid 4 ta Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari Umumjahon merosi ro‘yxatiga, Shoshmaqom, Navro‘z, Boysun madaniy muhiti, Askiya, Katta ashula, Palov madaniyati va anʼanasi, Marg‘ilon hunarmandchilik maktabining atlas va adras to‘qish texnologiyasi kabi nomoddiy madaniy meros namunalari YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Usmon Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva xonligi konselariyasi hujjatlari “Jahon xotirasi” dasturidan joy olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-son farmoni bilan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi "Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-114-son Farmoni qabul qilindi.